Jamg'arma endi osonroq

Guruh bilan pul yig'ish uchun ilova

GAP — do'stlar, oila va hamkasblar uchun navbatli jamg'arma platformasi. Har bir to'lov shaffof, har bir navbat aniq. Hisob-kitobni qog'ozda emas, ilovada boshqaring.

BepulAsosiy funksiyalar
100%Shaffof hisobot
AndroidGoogle Play
To'lov qabul qilindiFalonbek — 500 000 so'm
Navbat keldi!Falonchixon — bu hafta
GAP app Jamg'armalarGAP app Bosh sahifa

4 oddiy qadamda jamg'arma

GAP an'anaviy jamg'arma tizimini raqamlashtiradi — qoidalarni siz belgilaysiz, qolganini ilova boshqaradi.

1

Guruh yarating

Do'stlarngizni taklif qiling, haftalik summa va a'zolar sonini belgilang.

2

Navbatni belgilang

Har bir a'zo uchun navbat tartibini aniqlang — kim qachon pul oladi, hammasi ko'rinadi.

3

Haftalik to'lovlar

Har hafta a'zolar belgilangan summani to'laydi. To'lovlar avtomatik qayd etiladi.

4

Navbatdagi pulni oling

Navbati kelgan a'zo yig'ilgan summani oladi. Keyingi hafta — keyingi kishi.

Hisob jamg'armani qanchalik osonlashtiradi

Qog'oz daftarlar, chalkash hisob-kitoblar va nizo — bularning barchasi ortda qoladi.

Oson guruh boshqaruvi

A'zolarni qo'shing, navbatni o'zgartiring va guruh chatida muloqot qiling — hammasi bir joyda.

To'liq shaffoflik

Har bir to'lov, har bir operatsiya aniq ko'rinadi. Hech kim "men to'ladim" deb bahslashmaydi.

Xavfsiz va ishonchli

Ma'lumotlaringiz xavfsiz saqlanadi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Har joyda ishlaydi

Telefon yoki planshet — GAP siz bilan.

Avtomatik eslatmalar

To'lov vaqti yaqinlashganda eslatma olasiz.

Hisobot va statistika

Guruh faoliyati, to'lovlar tarixi va umumiy holat — bir bosishda ko'ring.

10 kishilik guruh — qanday ishlaydi?

Klassik navbatli jamg'arma: har hafta 9 kishi to'laydi, 1 kishi yig'ilgan summani oladi.

10 nafar do'st guruh tuzadiHar biri haftasiga 500 000 so'm qo'shadi
Har hafta 9 kishi to'laydiUmumiy summa 4 500 000 so'm yig'iladi
Navbatdagi 1 kishi oladi10 haftada har bir a'zo navbatini kutadi va pulini oladi
GAP hammasini yozib boradiKim to'ladi, kim oldi, keyingi navbat kimda — hammasi ilovada
4 500 000 so'm

Har hafta navbatdagi a'zo oladigan summa

10 hafta × 10 a'zo = har kim bir marta oladi

Odamlar GAP haqida nima deydi?

Foydalanuvchilarimizning tajribalari bilan tanishing.

"Oldin daftar tutib yurar edik, kim to'ladi, kim to'lamadi deb ko'p tortishardik. GAP ilovasi bilan hammasi shaffof bo'ldi. Hammaga tavsiya qilaman!"

SR
Sardor R.Tadbirkor

"Hamkasblar bilan oylik navbatli jamg'arma o'ynaymiz. Dastur dizayni ajoyib, tushunish juda oson. O'zbekistonda bunday zo'r ilova chiqqanidan xursandman."

MA
Madina A.HR Menejer

"Eng yoqqan joyi — navbatni va kim qancha to'laganini istalgan payt ko'ra olish. Pul yig'ish hech qachon bunchalik oson bo'lmagan edi."

JK
Jamshid K.Dasturchi

Ehtimoliy savollar

GAP ilovasi asosan hisob-kitobni osonlashtirish uchun mo'ljallangan. Hozirgi bosqichda barcha mablag'lar odatdagidek ishtirokchilarning o'zida saqlanadi yoki guruh mas'uli hisobida yig'iladi, ilova orqali faqat nazorat qilinadi.

Ha, GAP ilovasining asosiy funksiyalaridan foydalanish butunlay bepul. Guruhlar ochish, hisob-kitob qilish va navbatlarni kuzatish uchun hech qanday to'lov olinmaydi.

Ma'lumotlar doim sinxronlanishi uchun internet aloqasi zarur. Lekin yozilgan ma'lumotlarni oflayn holatda ham ko'rish imkoniyati mavjud.

Bitta guruhga istalgancha odam qo'shish mumkin, biroq qulaylik uchun 10-15 kishidan iborat guruhlar tavsiya etiladi.

Bugun boshlang — bepul

Guruh yarating, do'stlaringizni taklif qiling va navbatli jamg'armangizni raqamli boshqarishni boshlang.

Get it on Google Play

Savollaringiz bormi?

Batafsil ma'lumot uchun Telegram orqali yoki email orqali biz bilan bog'laning.